Orqaga
Abu Abdulloh Rudakiy haqida ma'lumot.

708 marta koʻrilgan

860–941

Abu Abdulloh Rudakiy

Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy taxminan hijriy 243(milodiy 860)-yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog’da, dehqon oilasida tug’ildi. Bu davrda Movarounnahr Eron, Hindiston, Xitoy, Misr va Suriya bilan savdo va madaniy aloqalarni yaxshi yo’lga qo’ygan edi. X asrda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Nishopur, Balx, Zarafshon vodiysining yuqori qismi hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylangan edi. Ayniqsa, Buxoro shahri IX asrlardayoq Sharqning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo’lgan. Rudakiy yoshligidanoq she’riyatga ixlos qo’ydi, o’z zamonasining mashhur cholg’uchisi Abul Abbos Baxtiyor qo’lida musiqadan ma’lumot oldi.