Orqaga

684 marta koʻrilgan

IX asr

Abu Abdulloh al-Xorazmiy

Milodning IX–XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. O’sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy bo’lgan. Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Kot shaharlarida o’tgan. Bu shaharlarda u voyaga yetgan, yashagan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib bo’lib xizmat qilgan davrida cho’qqiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O’z xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan ko’pgina allomalar bilan hamsuhbat bo’lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997-yilda vafot etgan.