Orqaga
Abduvahob Ibodiy hayoti va faoliyati.

542 marta koʻrilgan

1877–1943

Abduvahob Ibodiy

Abduvahhob Ibodiy 1877-yili Qo’qon shahrining Eski aravabozor mahallasida hunarmand kosib oilasida tavallud topgan. Otasi Ibodulla otameros kasbi kavushdo’zlik bilan shug’ullanib, onasi Robiya otin mahalla qizlariga xat-savod o’rgatgan. Abduvahhob avval onasining qo’lida savod chiqarib, so’ng mahalla maktabida o’qigan. U o’n ikki yoshga kirmasidan otasi vafot etib, onasining qo’llab-quvvatlashi bilan Qo’qon va Buxoro madrasalarida tahsil oldi. Abduvahhob Ibodiy 1898-yili Qo’qonga qaytgach, shu yerda ochilgan mulla Shoazim no’g’oy domlaning maktabiga kirib, usuli savtiyani o’rganadi. Naymancha mahallasi masjidi qoshidagi eski maktabda dars berishdan boshlab, ko’p o’tmay, Qo’qondagi yetuk muallimlardan biri sifatida tanilib ulguradi. Maqolada Abduvahhob Ibodiy haqida to’liq va batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.