Orqaga
Abdurazzoq Samarqandiy haqida ma'lumot.

827 marta koʻrilgan

1413–1482

Abdurazzoq Samarqandiy

Abdurazzoq Samarqandiy hijriy 816 (milodiy 7-noyabr 1413)-yili sha’bon oyida, Temuriylar davlatining Hirot shahrida tug’ildi. Uning to’liq ismi Kamoliddin Abdurazzoq, otasining ismi Jaloliddin Is’hoq Samarqandiydir. Abdurazzoq Hirotda tug’ilganligiga qaramay «Samarqandiy» degan nisbat bilan shuhrat topganligiga sabab, otasi Jaloliddin Is’hoqning asli samarqandlik bo’lganligi va yana bo’lajak tarixnavisning o’zi ham bir necha muddat Samarqandda yashaganligidir.