0
Ulashish
533 marta koʻrilgan
1880–1937
Аbdurahim Yusufzoda
Buxorodagi jadidchilik harakatining taniqli namoyandasi, davlat arbobi va diplomat. 1880-yili Andijonda to’quvchi hunarmand oilasida tug’ilgan. Abdurahim Yusufzoda Andijon va Buxorodagi madrasalarda o’qigan. Abdurahim Yusufzoda 1905–1917-yillarda Buxorodagi Ayozbiy madrasasida mudarrislik qilgan. 1912-yildan Yosh buxoroliklar partiyasida faol qatnashgan. BXSR tuzilgach, u Chorjo’y viloyati inqilobiy qo’mitasi raisining o’rinbosari, BXSR ziroat xalq noziri, BXSRning Afg’onistondagi elchisi, BXSR adliya xalq noziri, maorif xalq nozirligida vaqf ishlari bo’yicha maxsus komissiya raisi, BXSRning Moskvadagi elchisi bo’lib ishlagan. Buxoroning amalda mustaqil bo’lishi uchun intilgan. «Milliy Ittihod» tashkilotida faol ish olib borgan. Maqolada Abdurahim Yusufzoda hayoti va faoliyatini qamrab oluvchi bir qator ma’lumotlar bilan tanishishizgiz mumkin.