0
Ulashish
533 marta koʻrilgan
1893–1937
Abdulla Rahmatzoda
Abdulla Rahmat 1893-yili Qo’qonda tug’iladi. Uning otasi Rahmat mudarris Qo’qonning eng nufuzli domlalaridan bo’lib, diniy va dunyoviy ilmlarning chuqur bilimdoni edi. Abdulla Rahmat Ashurali Zohiriy tomonidan ochilgan eski maktabni tugatgach, 1908-yili Qo’qondagi to’liqsiz oliy madrasada ham ta’lim oldi. So’ngra bir muddat eski maktablarda dars berib yurdi. O’z ustida qunt bilan ishlashni kasb etgan Abdulla tarixchi olim Po’lat Soliyev va Ashurali Zohiriy hamkorligida shaxsiy mablag’lari hisobiga ochilgan o’rta ma’lumotli muallimlar tayyorlovchi «Dorul-muallimin»da ham tahsil ko’rdi. 1920-yili u yerni bitkazib, Qo’qon atrofidagi tuman maktablarida muallimlik qila boshladi. Maqolada Abdulla Rahmat haqida to’liq ma’lumotlar bilan tanishing.