Orqaga

807 marta koʻrilgan

VIII asr

Abbosiylar davrida Movarounnahr va Xuroson

VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali xalifalik taxti uchun kurash boshlaydi. Umaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblangan edi. Shu tariqa xalifalikda umaviylar hukmronligini ag’darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi. Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon II (744–750) hukmronlik davrida nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig’i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo’ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun Abbosiylar turli viloyatlarga targ’ibotchilar yuboradi. Shunday targ’ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi.