Orqaga

911 marta koʻrilgan

1862-yil

2 dollar tarixi

Dastlabki 2 dollarlik kupyuralar (AQSh banknotlari yoki qonuniy toʻlov vositalari deb atalgan) federal hukumat tomonidan 1862-yilda ishlab chiqarilgan. Unda birinchi moliya vaziri — Aleksandr Gamiltonning (1789–1795) portreti aks ettirilgan.

2 dollarlik banknotlarda Tomas Jeffersonning portreti birinchi marta Amerika Qoʻshma Shtatlarining 1869-yilgi banknotlar seriyasida ishlatilgan. Xuddi shu portretdan AQShning barcha 2 dollarlik banknotlari va barcha 2 dollarlik federal zaxira banknotlari uchun foydalanilgan. Montisello — Tomas Jeffersonning Virjiniyadagi tarixiy uyining surati 1928-yildagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining 2 dollarlik banknotalari orqa tarafiga tushirilgan edi.

Qoʻshma Shtatlarning ikki yuz yillik yubileyini nishonlashda 1976-yildagi 2 dollarlik federal zaxira banknotasi taqdim etildi. Yangi dizayn old tarafida Jeffersonning portretini saqlab qolgan, ammo orqa tomoni Montisellodan Mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan vinyetkaga oʻzgartirilgandi. Banknotaning eng soʻnggi nashrida 2017A seriyasi belgisi mavjud va bu kupyurani qayta ishlab chiqish rejalashtirilmagan. 2 dollarlik federal zaxira banknotining orqa tomonidagi vinyetkada Jon Trumbullning Mustaqillik deklaratsiyasi kartinasi gravyurasi (oʻyma rasm) tasvirlangan. Kartinaning asl nusxasida 47 kishining tasviri mavjud boʻlib, ulardan 42 nafari deklaratsiyani imzolagan (jami 56 kishi edi). Ammo kupyurada boʻsh joy cheklangani sababli rasmdagi 47 kishidan beshtasi oʻyma naqshga kiritilmagan.



Muqova surat: wikipedia.org