6
Ulashish
812 marta koʻrilgan
XX–XXI
1991–2017-yillarda Yaponiya
Bu davrda Yaponiya siyosiy hayotida liberal-demokratik partiyaning (LDP) obro’yi tiklandi. 1990-yili hokimiyatga kelgan Tosiki Kayfu Yaponiyaning xalqaro obro’yini oshirishga erishdi. 1990-yili Quvaytning Iroq tomonidan anneksiya qilinishi paytida Yaponiya xalqaro harbiy kontingentga, shuningdek, Misr, Iordaniya va Turkiyaga moliyaviy yordam tarzida bir necha mlrd dollar mablag’ ajratdi. 1990-yillardan iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi kamayib bordi. Shuningdek, sanoatni davlat tomonidan tartibga solish ham susaydi. Bu davrda Yaponiyaning asosiy eksporti chetga kapital chiqarish bo’lib qoldi. Chet davlatlarda joylashtirilgan investitsiyalar miqdori 1 trln dollardan oshib ketdi.