Orqaga

862 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Rossiya Federatsiyasi

1991-yilgi avgust inqirozidan so’ng Rossiyada asosiy lavozimlarga demokratik kuchlar vakillari emas, kommunistik partiya faollari keldi. Qayta qurish yillarida bu faollarning ko’pchiligi kommunistik partiya bilan aloqalarini uzgan bo’lsa-da, ularning islohotchilik imkoniyatlari cheklangan edi. B. Yelsin tomonidan Bosh vazir lavozimiga taklif qilingan Y. Gaydar Rossiyadagi islohotlarning «arxitektori» bo’ldi. Islohotlar juda og’ir kechdi. Milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishi pasayib ketdi. 1992-yil 1-yanvardan erkin qo’yib yuborilgan narxlar keskin ko’tarildi. Ko’pchilik oilalarda oziq-ovqat xarajatlari oila daromadining asosiy qismini tashkil qildi. Oqibatda urushdan keyingi davrda birinchi marta Rossiya aholisi kamaya boshladi.