Orqaga

736 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Pokiston va Afgʻoniston

1990-yillari Pokistonda qizg’in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog’onasida korrupsiya bilan bog’liq mojarolar davom etdi. Benazir Bxutto hukumati iste’foga chiqarilgandan so’ng 1990-yili o’tkazilgan saylovlarda g’olib chiqqan Musulmon ligasi partiyasining rahbari Navoz Sharif hokimiyatni boshqardi. Ammo 1993-yili prezident G’ulom Is’hoqxon yangi hukumatni ham korrupsiya va qarindosh-urug’chilikda ayblab, iste’foga chiqardi. Shu yili bo’lib o’tgan saylovlarda g’olib chiqqan B. Bxutto yana bosh vazir lavozimini egalladi.