Orqaga

736 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari

Markaziy Osiyo mamlakatlariga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston kiradi. Qozog’iston Respublikasi 1991-yil 16-dekabrda o’z mustaqilligini e’lon qildi. Shu yili bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida Nursulton Nazarboyev Qozog’istonning birinchi prezidenti etib saylandi. 1993-yil Qozog’istonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda eng katta vakolatlar prezidentga berildi. Hukumat iqtisodiy islohotlarni boshlab yubordi. 1993-yil noyabrda milliy valyuta — tenge muomalaga kiritildi. Yirik korxonalarni xususiylashtirish amalga oshirildi. Turkmaniston. 1991-yil 26-oktabrda referendum o’tkazilib, unda qatnashganlarning aksariyati Turkmaniston mustaqilligi uchun ovoz berdi. 1991-yil dekabrda mamlakat MDHga a’zo bo’ldi. 1999-yildan Xalq Majlisi qaroriga ko’ra, Saparmurod Niyozov davlat boshlig’i lavozimini umrbod egalladi. Tojikiston. 1991-yil 9-sentabr kuni Tojikiston o’z mustaqilligini e’lon qildi. Mustaqillikdan keyin mamlakatning turli mintaqalaridagi mahalliy elitalar o’rtasida hokimiyat uchun kurash qizib ketdi. Bu kurash 1992-yildan 1997-yilgacha davom etgan fuqarolar urushiga olib keldi. Urushdan mamlakat juda katta iqtisodiy zarar ko’rdi. Qirg’iziston Respublikasi. 1991-yil 31-avgustda Qirg’iziston o’z mustaqilligini e’lon qildi. Shundan so’ng demokratik jarayonlar yanada chuqurlashib bordi, umumxalq prezidentlik saylovlari o’tkazilib, unda Asqar Akayev g’olib chiqdi. U mamlakatda demokratik islohotlarni o’tkazish, xalqaro tashkilotlar ko’z o’ngida Qirg’iziston Respublikasini demokratik mamlakatga aylantirish borasida ko’p ishlarni amalga oshirdi.