Orqaga

986 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari

XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hududlar mavjud edi. XX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan jadal iqtisodiy o’sishga qaramasdan, Lotin Amerikasi mamlakatlari jahon siyosatining chekka mintaqasi bo’lib qolmoqda. Asr oxiriga kelib mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning neoliberal modeli oldingi o’ringa chiqdi. Aslida bu model Augusto Pinochet davrida Chilida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Bugun ham Chili barqaror rivojlanayotgan mamlakat bo’lib, mintaqada yetakchi o’rinni egallaydi. Ammo, umuman, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun neoliberal islohotlarning natijalari ziddiyatli bo’lib chiqdi.