2
Ulashish
730 marta koʻrilgan
XX–XXI
1991–2017-yillarda Isroil davlati va Falastin muammosi
1947-yili BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin bo’yicha rezolutsiya qabul qildi. Unga binoan 1948-yil 1-avgustdan Falastinda ikkita — yahudiylarning Isroil va arablarning Falastin davlatlarini tashkil qilish tavsiya etildi. Isroil yahudiylarning milliy davlati hisoblanadi. U dastlab yahudiylarning milliy o’chog’i, boshpanasi sifatida tashkil topdi va shunday bo’lib qolmoqda. «Vatanga qaytish to’g’risidagi qonun»ga ko’ra, har qanday yahudiy o’z oilasi, ya’ni turmush o’rtog’i, farzandlari, nabiralari bilan doimiy yashash uchun Isroilga kelish huquqiga ega. Shundan so’ng qabul qilingan fuqarolik haqidagi qonunga asosan, Isroilga kelgan barcha yahudiylar o’z-o’zidan fuqarolikka ega bo’lishi tartibi o’rnatildi.