Orqaga

721 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Hindiston Respublikasi

1990-yillarda Hindiston. Bu davrda Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi: jahon iqtisodiyotida yuz bergan tushkunlik Hindistonni ham chetlab o’tmadi. Iqtisodiy o’sish deyarli to’xtadi, inflyatsiya kuchaydi, ishsizlik oshdi. Mamlakatda turli etnik va diniy guruhlar o’rtasida ziddiyat, umumiy tanglik holati kuchayib bordi. Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi o’ldirildi. Hokimiyatga kelgan Narasimxa Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshladi. Davlat sektori qisqartirilib, yirik korxonalar xususiylashtirildi. Iqtisodga davlatning aralashuvi yanada kamaytirildi. Bir qator favqulodda tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan, rupiya devalvatsiya qilindi, soliq islohoti o’tkazildi, davlatning valyuta zaxirasi to’ldirildi. 1990-yillarda Hindiston jiddiy yutuqlarga erishdi. Shu davrda YaIM hajmi bir necha barobar oshdi. Ishlab chiqarishning yuqori o’sish sur’atlari ta’minlandi. Bu davrda Hindiston o’zining oltin-valyuta zaxirasini oshirishga intildi, neft qazib olishni ko’paytirdi.