Orqaga

821 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Boltiqboʻyi davlatlari

Boltiqbo’yi respublikalari deganda, odatda Latviya, Litva va Estoniya tushuniladi. Mustaqillik e’lon qilingandan boshlab Boltiqbo’yi respublikalari jadal ravishda bozor iqtisodiyotini joriy qilish, G’arb davlatlari bilan munosabatini mustahkamlashga kirishdi. Uchala davlat ham 2004-yilda NATO, shuningdek, Yevropa ittifoqi (YI) ga a’zo bo’ldi. Mustaqillik yillarida obro’li xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lgan bu davlatlar shiddat bilan iqtisodiy rivojlanish yo’liga kirdi. Shu jadal rivojlanish tufayli ular «Boltiq yo’lbarslari» deb ataldi. Ammo bunday shiddatli rivojlanish 2008–2009-yillardagi inqirozgacha davom etdi.