Orqaga

665 marta koʻrilgan

XX–XXI

1991–2017-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari

1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O’sish sur’atining pasayishi xo’jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi. Biroq 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati yana jadallasha boshladi. Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bu davrda iqtisodiy konyunktura (iqtisodiyotning ma’lum davrdagi joriy holatini ko’rsatuvchi belgilar majmui) yaxshilanib, ishsizlik darajasi va inflyatsiya pasaydi. B. Klinton prezidentligining ikkinchi muddatida uning ma’muriyati ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi.