5
Ulashish
657 marta koʻrilgan
XX–XXI
1991–2017-yillarda Afrika mamlakatlari
Misr sivilizatsiyaviy jihatdan ko’proq Sharqiy O’rta dengizga mansub bo’lsa-da, Afrikaning arab mamlakatlari hayotida katta rol o’ynaydi. XX asr oxiri–XXI asr boshlarida Misr iqtisodiy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, madaniyatda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi, rivojlangan sayyohlik industriyasini yaratdi, mamlakatning valyuta zaxirasi to’xtovsiz ortib bordi. Bu yutuqlar Misrga arab va musulmon dunyosining yetakchisi bo’lish imkonini berdi. Ammo 2000-yillarga kelib Misrda ham islom fundamentalizmi faollashib qoldi. Ular bosimi ostida Misr prezidenti Husni Muborak 2011-yili iste’foga chiqdi. Shundan so’ng bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida «Musulmon birodarlar» radikal tashkilotidan nomzod Muhammad Mursi g’alaba qozondi.