Orqaga
1929-1939-yillarda

692 marta koʻrilgan

1929–1939

1929–1939-yillarda Germaniya

Germaniyadagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning asoslarini larzaga solgan uch yillik iqtisodiy inqiroz davomida ishlab chiqarish hajmlari tinimsiz pasayib boradi. Germaniya sanoatining barqarorlik yillaridagi o’sishiga xorijiy davlatlardan olingan qarzlar va kreditlar sabab bo’lgan edi. Inqirozning ilk alomatlari ko’zga tashlanishi bilan barcha xorijiy sarmoyalar qaytib olinadi va inqiroz yanada chuqurlashadi. Iqtisodiyotdagi beqarorlik o’z o’rnida siyosiy inqirozga ham zamin yaratmay qolmaydi.