Orqaga
1918-1939-yillarda Xitoy.

877 marta koʻrilgan

1918–1939

Birinchi jahon urushidan soʻng Xitoy

Birinchi jahon urushi oxirlarida Xitoy qoloq, yarimfeodal, yarimmustamlaka mamlakat edi. Xitoy yirik dunyo davlatlarining ta’sir doiralariga taqsimlangan, sanoati, transporti, banklari, tashqi savdosining asosiy qismi xorijiy kompaniyalarga tegishli edi. Birinchi jahon urushi yillarida mamlakat sanoati o’sib, milliy ishchilar sinfi shakllanadi va bosh maqsadi chet el hukmronligidan to’liq ozod bo’lishidan iborat milliy-demokratik inqilobning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.