Orqaga
1918-1939-yillarda Turkiya

879 marta koʻrilgan

1918–1939

Birinchi jahon urushidan soʻng Turkiya

Birinchi jahon urushi Osiyodagi vaziyatni tubdan o’zgartiradi. Turkiya Germaniyaning ittifoqchisi bo’lgani bois yengilganlar qismatini bo’lishib oladi. To’g’ri, Angliya bilan Fransiya o’rtasidagi ziddiyatlar tufayli g’olib davlatlar uzoq vaqt mobaynida tinchlik shartnomasi tuzishga muvaffaq bo’lishmadi. Baribir, 1920-yilning avgustida Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday shartnoma imzolanadi. Bu Turkiya taqdirini hal qilishi lozim edi.