Orqaga
1918-1939-yillarda Ruminiya.

940 marta koʻrilgan

1918–1939

Birinchi jahon urushidan soʻng Ruminiya

Ruminiya Birinchi jahon urushi arafasida konstitutsiyaviy monarxiya tizimida edi. Qirol Karl Germaniyada 1871-yildan beri hukm surayotgan Gogensollernlar sulolasidan chiqqandi. 10 yil o’tib rumin parlamenti Ruminiyani qirollik deb e’lon qiladi. Ruminiya siyosati ikki taraflama edi. U 1878-yilgi Berlin shartnomasiga ko’ra, Rossiyaga berilgan Bessarabiyani Germaniya va Avstro-Vengriya yordamida qaytarib olishdan umid qilardi.