Orqaga
1918-1939-yillarda Ispaniya. Ispaniyada monarxik boshqaruv tizimi.

678 marta koʻrilgan

1918–1939

1918–1939-yillarda Ispaniya

Ispaniya Yevropaning chetki janubi-g’arbiy burchagida joylashgan va Yevropa davlatlari tizimida muhim strategik bo’g’inni tashkil etadi. U uzoq vaqt davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ulkan imperiyani barpo etib, yirik mustamlakachi davlat bo’lib kelgan. Ispanlarning ko’pchiligi katoliklar edi. Shu boisdan katolik cherkovi mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o’ynardi. Katolik cherkovi diniy ishlar bilan cheklanib qolmasdan o’z ijtimoiy asosini mustahkamlashga intilgan holda dunyoviy ishlarga ham aralashar edi.