Orqaga

899 marta koʻrilgan

1916–1917

1916—1917-yillardagi urush harakatlari

Germaniya hukmron doiralari Rossiyani tor-mor etolmagach, yana asosiy e’tiborni G’arbiy frontga qaratdi. Bundan ko’zlangan maqsad—Fransiya taqdirini uzil-kesil hal etish edi. Shuning uchun Germaniya Fransiyaning Verden qal’asiga hujum uyushtirdi. Chunki bu qal’a Parijning yo’lini to’sib turardi. Germaniya qo’shinining hujumi 1916- yilning 21-fevralida boshlandi va 21-martgacha davom etdi. Nemis piyoda askarlari hujumga ko’tarilganda fransuzlar kutilmaganda ularni to’plardan qattiq o’qqa tutdi. Nemis qo’shini atigi 7 km oldinga siljiy oldi.