0
Ulashish
950 marta koʻrilgan
XIX asr
XIX-asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Germaniya va Italiya
Germaniya inqilobining asosiy sababi – o’rta asr feodal tartiblarining kapitalistik taraqqiyotga to’siq bo‘lib kelayotgani edi. Buning natijasida Germaniyada hamon siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Natijada yagona umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg’or davlatlardan orqada qoldi. Zo’ravonlikka asoslangan davlat apparati har qanday hurfikrni qatag’on qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi – Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi. Inqilobga burjuaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori bo’lgan mo’tadil qismi rahbarlik qildi.