Orqaga

883 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Rossiya imperiyasi

Iqtisodiy hayotning o’ziga xos xususiyatlari Chor Rossiyasida krepostnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga katta g’ov bo’lib qoldi. G’arbiy Yevropa davlatlari va AQSHda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir davrda Rossiyada hamon manufakturalar ishlab chiqarishi hukmron edi. Qishloq xo’jaligida esa hamon o’rta asr krepostnoylik tartiblari hukm surardi va taraqqiyotning to’sig‘iga aylangan edi. Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash 1812-yilgi Fransiya–Rossiya urushida erishilgan g’alabadan keyin ham chor Rossiyasida samoderjaviye boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi saqlanib qoldi. Ushbu holat chor Rossiyasining ilg’or fikrli kishilarini harakatga chorladi.