Orqaga

891 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillargacha boʻlgan davrida Amerika Qoʻshma Shtatlari

Mustaqillik yillarida AQSHda sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanib, XIX asrning 30-yillarida sanoat inqilobi boshlandi. XIX asr o’rtalarigacha AQSh asosan qishloq xo’jaligi mamlakati edi. Mamlakat shimolida kapitalistik munosabatlar tez rivojlandi. Qishloq xo’jaligining asosini fermer xo’jaligi tashkil etdi. Fermerlikning asosini yollanma mehnat tashkil qilib, ular pomeshchiklarga qaram dehqonlarga nisbatan ko’proq tovar sotish va sotib olish imkoniyatiga ega edi. Amerika qishloq xo’jaligiga xos bu xususiyatlar AQSH iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga yordam berdi.