Orqaga

811 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Yaponiya

Yaponiyaning kuch bilan “ochilishi” XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian dini yapon xalqi milliy an’analarini buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblagan. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun yopib qo’ydi va barcha yevropaliklarni davlat hududidan quvib yubordi. Syogun farmonida bunday deyilgan edi: “Shu davrdan boshlab Yaponiyaga chet eldan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. Hatto o’lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim”.