Orqaga

1207 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Xitoy

Sin imperiyasining zaiflashuvi Sin sulolasi keng ko’lamda bosqinchilik urushlari olib borgan. Biroq XVIII asr oxirlariga kelganda imperiyaning istilochilik qudrati zaiflashdi. Iqtisodiy turg’unlik va mamlakat aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi dehqonlarning qashshoqlashuvi qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keldi. Shu tariqa Xitoy ichki ziddiyatlar iskanjasida qoldi. Hukmron sulola umri tugayotgan tuzumni butun choralar bilan saqlab qolishga urindi. Hukmron tabaqalar siyosatiga qarshi har qanday bosh ko’tarish shafqatsizlik bilan bostirildi. Bu davrda Xitoyga Buyuk Britaniya va Fransiya savdogarlarining kirib kelishi kuchaydi.