Orqaga

828 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Koreya

Koreyaning kuchsizlanishi 1392-yili hokimiyatga kelgan Li sulolasi asoschisi Li Song (1392–1398) Koreyani, avvalgi sulola davrida atalgan “Koryo o’rniga”, “Choson” deb atadi. Li Song davrida Koreyaning davlat tuzumi Min sulolasi davridagi Xitoy namunasida qaytadan tashkil qilindi. Ammo yangi davr boshlarida Koreya taraqqiyotda qo’shni davlatlardan tobora ortda qolib bordi. Buning ichki sabablari XIV–XV asrlarda o’rnatilgan yerga egalik qilishning feodal shakli saqlanib qolayotganida edi. Natijada feodallar (yer-mulk egalari) va mayda amaldorlar tomonidan davlat yerlarini egallab olish holatlari ko’paydi. Qishloq xo’jaligida sudxo’rlik avj oldi. Erkin dehqonlar soni kamayib ketdi, dehqonlar qo’zg’olonlari avj oldi. Qishloq xo’jaligidagi bunday holatga shahar iqtisodi, sanoat va savdoning past darajasi mos kelardi. Hunarmandlar ham xuddi dehqonlar singari qaram qilingan edi.