Orqaga

1467 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Hindiston

Buyuk Britaniya hukmron tabaqalari yangi asrda ham Hindistonni butunlay o’z mustamlakasiga aylantirish siyosatini davom ettirdi. Shu maqsadda hukumat “Hindiston ishlari bo’yicha nazorat kengashi” tashkil etdi. Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo’nalishlarini belgilab berardi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to’g’risida qonun qabul qildi. Unga ko’ra, “Ost-Indiya” kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi.