Orqaga

757 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Eron

Davlat tuzumi Eron XIX asrda ham mutlaq monarxiya davlati edi. Davlat hukmdori shoh cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Butun hokimiyat uning qo’lida to’plangan. Shoh huzurida maxfiy kengash tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga sadri a’zam, amin ad-davla, vazir, hakimboshi va shayxulislom kirardi. Davlat viloyatlarga bo’lingan, ularni beklarbegi boshqarardi. Taxt vorisiga Ozarbayjon ham berilgan bo’lib, uning qarorgohi Tabriz shahrida joylashgan edi.