Orqaga

877 marta koʻrilgan

XIX asr

XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Afrika xalqlari

Qit’adagi holat Aholining katta qismi negroid irqiga mansub bo’lgani uchun Afrika qit’asini qora qit’a deb ham atashadi. Afrika xalqlari XIX asrda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida yashagan. Chunonchi, Efiopiya, Misr, Tunis, Marokash, Sudan va Madagaskar kabi davlatlarda feodal monarxiyalari qaror topgan bo’lsa, ba’zilarida hamon ibtidoiy jamoa tuzumi saqlanib qolgan. Qabilalarning turmush tarziga ko’chmanchilik xos edi. Ularning kichik-kichik guruhlari o’zlari uchun qat’iy belgilangan hudud chegarasidagina ovchilik va termachilik bilan hayot kechirgan. Ular qishloq xo’jaligini, metallga ishlov berishni va metall ish qurollaridan foydalanishni bilmagan.