Orqaga

242 marta koʻrilgan

XVI–XIX

XVI–XIX asrning 70-yillarigacha boʻlgan davrda Afgʻoniston

Mustaqillik uchun kurash XVI asrdan boshlab afg’onlar Eron safaviylariga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib bordi. Asosiy savdo yo’llarini 1649-yilda Eron safaviylari egallab oldi va bu holat 1709-yilgacha davom etdi. Eron bosib olgan hududlarida, bir tomondan, afg’on qabilalarini bir-biriga gij-gijlash yo’li bilan kuchsizlantirishga uringan. Ikkinchi tomondan esa qabilalar hukmdorlariga turli xil unvonlar va yer-mulklar berish evaziga ular bilan kelishish siyosatini yuritdi. Biroq bu siyosatdan ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Aksincha, afg’on qabilalari o’z mustaqilligi uchun qattiq kurash olib bordi. Bu davrda Eronda hukmron sulola chuqur tushkunlik davrini boshdan kechirayotgan edi.