74 marta koʻrilgan

1862-yil

1 dollar tarixi

Dastlabki 1 dollarlik banknotlar (AQSh banknotlari yoki “Qonuniy toʻlovlar” deb ham ataladi) federal hukumat tomonidan 1862-yilda chiqarilgan va AQSh Moliya vaziri — Selmon Portland Cheyzning (1861–1864-yillar) portretini aks ettirgan.

 

en.wikipedia.org

 

Faqatgina 1869-yildan boshlab kupyuraning old tarafida AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning, orqa tarafida esa “Buyuk muhr” tasviri tushirilgan va dizayn haligacha oʻzgartirilmagan.

 

en.wikipedia.org

 

1 dollarlik banknota kamdan kam hollarda qalbakilashtirilgani sababli hukumat bu banknotni qayta ishlab chiqishni rejalashtirmaydi. Bundan tashqari, yillik “Moliyaviy xizmatlar va umumiy davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi” qonunning 116-boʻlimida 1 dollarlik banknotni qayta ishlab chiqishni taqiqlovchi qoida mavjud. Qiziq fakt, agar sizda 10 mlrd 1 dollarlik banknot bor bo‘lsa, har soniyada 1 dollardan sarflasangiz, pulingiz tugashi uchun 317 yil kerak bo‘ladi.