Orqaga
Glossariyga qaytish

Zakot

Zakot (ot) (arabcha — tozalanish) — islom dinining besh asosiy talabidan biri, mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson, soliq. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. Zakot miqdori pul daromadining qirqdan bir ulushiga teng. Dehqon va chorvadorlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha yuqori boʻlgan. Zakot kambagʻal, yetim-yesir, kasal va hech kimi yoʻq ayollar oʻrtasida taqsimlanishi lozim boʻlgan.