Orqaga
Glossariyga qaytish

YUNKTAD

YUNKTAD BMTning savdo va rivojlanish bo’yicha konferensiyasi. BMT Bosh Assambleyasining xalqaro savdo tashkiloti bo’lmagan organi. 1964-yilda tashkil etilgan bo’lib, 168 ta davlat unga a’zodir. Asosiy vazifalari: xalqaro savdoni, davlatlar o’rtasida teng huquqli o’zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amal qilishi bo’yicha har xil tavsiyalar ishlab chiqish. YUNKTAD qarorlari rezolyutsiyalar, bayonotlar singari shaklda bo’lib, tavsiya xususiyatiga egadir. Uning rahbarligida ko’p tomonlama bitimlar va konvensiyalar ishlab chiqiladi.

O’zbekiston Respublikasi YUNKTAD ga 1992-yilda a’zo bo’lgan.