Yo’ldosh Oxunboboyev
Yo’ldosh Oxunboboyev (1885-1943) davlat arbobi. Marg’ilon uyezdining Jo’ybozor qishlog’ida aravasoz usta Oxunbobo oilasida tug’ildi. 16 yoshidan boshlab Marg’ilon boylaridan birining paxta tozalash zavodida yuk tashuvchi bo’lib ishladi, so’ngra aka-uka Kraftlar zavodida mehnat qildi. O’zgandagi Xolmathoy qo’lida batrak bo’ldi. U 1916-yildagi xalq qo’zg’olonida faol ishtirok etdi.
1917-yil oktabr to’ntarishidan keyin Y. Oxunboboyev okrugda birinchi tuzilgan qishloq sho’rosi raisining o’rinbosari bo’ldi. So’ngra u M. Frunze shtabida xizmat qildi. 1919-yil Farg’ona vodiysida dastlabki tashkil qilingan «Qo’shchi» uyushmasini boshqardi. 1925-yil fevralda O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining (MIK) raisi lavozimiga saylandi. Bu mas’ul lavozimda umrining oxirigacha mehnat qildi.