Orqaga
Glossariyga qaytish

Yettisuv

Yettisuv (ot) — tarixiy-geografik hudud. Hozirgi Qozogʻiston Respublikasining sharqi, Balxash va Issiqkoʻl oraligʻidagi hudud. Tyanshan va Oloy togʻ tizmalaridan boshlanib Balxash koʻliga quyiladigan yettita daryoning havzasi boʻlgani uchun shunday nom olgan. Yettisuv oʻlkasi koʻchmanchi turkiy qabilalarning azaliy yurti hisoblanib, tarixda Chigʻatoy ulusining markazi ham Yettisuv boʻlgan.