Orqaga
Glossariyga qaytish

Yer-suv islohotlari

Yer-suv islohotlari — Oʻzbekistonda mustabid sovet (shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, qishloq xoʻjaligini isloh qilish jarayonida 1925–1929-yillarda oʻtkazilgan islohotlar. Yirik dehqon xoʻjaliklarining tugatilib, oʻrnida mayda dehqon xoʻjaliklarini tashkil qilish va oʻziga toʻq xoʻjaliklarni gʻayriqonuniy ravishda “quloqlashtirish” bilan xarakterlanadi. Yer-suv islohotlari qishloq xoʻjaligini zoʻravonlik yoʻli bilan yalpi jamoalashtirish jarayonini tezlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar hozirladi.