Orqaga
Glossariyga qaytish

Yaso (Yosoq)

Yaso (yosoq) (ot) — 1) Chingizxon (1151–1227) tomonidan joriy qilingan qonun-qoidalar toʻplami. Fuqarolar yasoga, yaʼni qonun-qoidalarga qanday amal qilayotganini nazorat qilib turuvchi kichik mansabdor yasovul deb atalgan; 2) Moʻgʻul imperiyasi, xususan, Oltin Oʻrda davlati tomonidan itoat ettirilgan xalqlardan natura bilan undiriladigan soliq turi ham yasoq deb yuritilgan; 3) Buxoro xonligida (Shayboniylar davrida) aholining mehnat majburiyati. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yoʻl va koʻpriklar qurishga, yem-xashak yigʻishga jalb etishni nazarda tutardi. Majburiyatni oʻtashga jalb etilganlar oʻz mehnat qurollari bilan kelardi, oʻzi hisobidan ovqatlanardi.