Hujum harakati
Hujum harakati — oʻtgan asrning 20-yillari oxirida, aniqrogʻi 1927- yilning bahoridan boshlangan oʻzbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish (paranji tashlash, erkin kasb tanlash, huquqiy tenglikka erishish) kompaniyasi. “Hujum” harakatini boshlash, eski turmushga hujum qilish, yaʼni oʻzbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish uchun zarurat bor edi, biroq bu harakat bolsheviklar tanlagan tezkorlik yoʻli bilan emas, asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerakedi. Bolsheviklar zoʻravonlik, maʼmuriy yoʻl bilan bir yoʻla 100 ming ayolning paranjisini tashlattirdilar. Lekinpartiyaning bu siyosati mahalliy xalqlar oʻrtasida (hatto ayollar oʻrtasida ham) norozilikni keltirib chiqardi. Endihujumga qarshi boʻlgan ayollarga nisbatan zulm oʻtkazila boshladi. 1927–28-yillarda bu borada Oʻzbekistonda 2,5 mingdan ortiq faol xotin-qizlar hayotdan koʻz yumishgan.