Glossariyga qaytish
Xoqon
Xoqon (ot) — Turk, Xitoy, Moʻgʻul hukmdorlari unvoni. Xoqon atamasi birinchi marotaba 312-yilga oid boʻlgan Xitoy yilnomalarida uchraydi. Dastlab jujan qabilalari boshliqlari xoqon deb atalgan. VI asr oʻrtalaridan Turk xoqonligi hukmdorlari ham xoqon nomini olgan, keyinchalik boshqa turk qabilalari hukmdorlari ham oʻzini xoqon deb atay boshlagan.