Glossariyga qaytish
Xon
Xon (ot) — turkiy xalqlar va moʻgʻul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshligʻi, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatida viloyat va shahar hokimi, Moʻgʻul feodal imperiyasida ulus boshligʻi xon deb atalgan. Moʻgʻullar imperiyasi inqirozidan soʻng tashkil topgan davlatlarda oliy hukmdor nasab jihatidan Chingizxonga qarindosh boʻlsa, xon, podshohlik qilmagan chingiziylar esa sulton deb yuritilgan. Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonlari ham oʻzining kelib chiqishini Chingizxonga bogʻlagan va shuning uchun ham ismiga xon rutbasini qoʻshib yuritgan.