Xolding kompaniyalari
Xolding kompaniyalari korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketi kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy- texnikaviy siyosat yurgizish, umumiy manfaatlar yoʻlida aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida foyda olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida mamlakatimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo’jaligi mashinasozlik korxonalarini birlashtirgan «O’zqishloqxoʻjalikmash- xolding”, «O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding» va ‘»O’zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek, «O’zbekyengilsanoat» kompaniyasi, «O’zqurilishmaterial» davlat aksiyadorlik kompaniyalari ham faoliyat ko’rsatmoqdalar.