Glossariyga qaytish
Xiroj
Xiroj (ot) — Yaqin Sharq va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda davlat tomonidan undiriladigan yer soligʻi. Xiroj Oʻrta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy qilingan. Xiva xoni Muhammad Rahim (1806–1825) xirojni pul bilan undirishni joriy qilgan. Bunda xiroj olingan hosilning miqdoridan emas, balki yer egasining xoʻjaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qoʻqon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin xiroj bu yerda ham natura oʻrniga pul bilan yigʻiladigan boʻlgan.