Orqaga
Glossariyga qaytish

Xalqaro valyuta fondi

Xalqaro valyuta fondi — 1944-yil Bretton-Vuds (AQSH)da o’tkazilgan Xalqaro konferensiyada tashkil etilgan. BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti maqomiga ega. Qarorgohi Vashington shahrida joylashgan. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar valyuta-moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirish, a’zo davlatlar valyuta kursini, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash, ularga qisqa muddatli va o’rta muddatli qarzlar berish kabilardan iborat.

1991-yilga kelib unga a’zo mamlakatlar soni 153 ta bo’lib, kapitali 120 mlrd. dollari tashkil etgan.

O’zbekiston ushbu tashkilotga 1992-yil 21-oktabrda a’zo bo’lgan.