Orqaga
Glossariyga qaytish

Xalifa

Xalifa (ot) — oʻrinbosar, noib, muovin, Muhammad paygʻambar (s.a.v) vafotidan soʻng vujudga kelgan Arab xalifaligining (632–1258) diniy va dunyoviy boshligʻi. Birinchi toʻrt xalifa: Abu Bakr (632–634), Umar (634–644), Usmon (644–656) va Alilar (656–661) “Al-Xulafo ar-roshidun” — toʻgʻri yoʻldan boruvchi xalifalar nomi bilan mashhur boʻlgan.