Orqaga
Glossariyga qaytish

Vijdon erkinligi

Vijdon erkinligi — insonning xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini taʼkidlovchi, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1981-yil 25-noyabrda qabul qilingan 36-55-rezolyutsiyasida qayd qilingan insonning asosiy huquqlaridan biri. Mazkur huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasidaqayd qilingan va 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida kuch ishlatishni targʻib qilish, millatlar va diniy tashkilotlar orasiga nizo solish uchun dindan foydalanish va konstitutsion tuzum asoslariga qarshi qaratilgan harakatlar man etiladi.