Glossariyga qaytish
Vaqf Yerlari
Vaqf yerlari (arabcha toʻxtash) — oʻrta asrlarda masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga kelardi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar hammasi vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulklarini mutavallilar boshqargan. Hozirda Oʻzbekistonda vaqflar tugatilgan. Ammo Sharqdagi barcha xorijiy musulmon mamlakatlarida hozirgacha vaqf mavjud.